Madaniyat vaziri bilan bir qatorda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri ham ishdan ketishi mumkin

Oʻzbekistondagi parlament saylovlari munosabati bilan ayrim vazirlar oʻz lavozimlaridan voz kechish uchun ariza yozishga tayyorligi maʼlum qilindi.

 

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga tayanib Uzdiplomat xabar berdi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri — Hilola Umarova;

 

Madaniyat vaziri — Ozodbek Nazarbekov;

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri — Aziz Abduhakimov;

 

Raqamli texnologiyalar vaziri — Sherzod Shermatov;

 

Adliya vaziri — Akbar Toshqulov.

 

Yuqoridagi amaldorlar joriy yilda boʻlib oʻtadigan parlament saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etmoqda. Ular deputatlikka saylangan taqdirda, oʻz lavozimlaridan voz kechishlari talab etiladi.

 

Bu oʻzgarishlar vazirliklar faoliyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi va yangi rahbariyat kim boʻlishi hozircha maʼlum emas.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры