Хорижий атамаларнинг ўзбекча муқобилини муомалага киритиш таклифи кўриб чиқилди

Хорижий атамаларнинг ўзбекча муқобилини муомалага киритиш таклифи кўриб чиқилди

Хорижий атамаларни ўзбекча муқобилларига алмаштириш бўйича тегишли ташкилотлар ишчи гуруҳлари ва жамоатчилик юборган таклифлар Ўзбекистон Республикаси Атамалар комиссиясининг ишчи кенгаши – Ўзбекистон Фанлар академияси Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институти олимлари томонидан кўриб чиқилди.

 

Ишчи орган галдаги тақдим этилаётган атамаларнинг миллий муқобиллари бўйича бошқа фикр ва мулоҳазаларни ҳам мамнуният билан қабул қилиши ва кўриб чиқишини маълум қилган.

 

Фикларингизни ушбу линк орқали қолдиришигиз мумкин:

 

ФИКР ҚОЛДИРИШ

 

Янги сўз ва атамалар юзасидан таклифлар билан танишинг

 

T/r Atama nomi Yangi soʻz va
atamaning maʼnosi (izoh) 

(qaysi tildan olingan)

Yangi soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar Rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha taklif
Аккомпанемент Akkompanement (fr. accompaniment, accompagner – joʻr boʻlmoq) – ashula yoki musiqaga joʻr boʻlish. Joʻrnavozlik Joʻrnavozlik 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek

tilida bu ma’noda qoʻllanadi)

Аномал Anomal (yun. anomalia) – meʼyor(norma)dan chetga chiqish (ogʻish) Gʻayritabiiy Noodatiy 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek

tilida bu ma’noda qoʻllanadi)

Антракт Antrakt (fr.: Entrʼacte – entre-ora, oraliq, oʻrtasida; akt-ish, harakat) – spektakl pardalari yoki konsert boʻlimlari orasidagi tanaffus; teatrda ikkinchi va undan keyingi pardalar boshlanishi oldidan chalinadigan musiqali muqaddima. Tanaffus Tanaffus 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek

tilida bu ma’noda qoʻllanadi)

 

Арерсцена Aryerssena (fr.: arrière-scène, arrière – orqa) – sahnaning orqa pardasi ortidagi maydon. Sahnaorti Sahnaorti 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

АСКУЭ 

(Автоматизированная система коммерческого учёта электроэнергии)

АСКУЭ (rus. Автоматизированная система коммерческого учёта электроэнергии) – EEHO va NQAT bu isteʼmolchilarga zamonaviy meʼyoriy hujjatlar talablariga va energetika sohasini isloh qilish qoidalariga muvofiq elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish imkonini beruvchi texnik, dasturiy va tashkiliy yеchimlar tо‘plami. ETHAT 

(Elektr energiyasini tijoriy hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi)

ETHAT 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Банкет Banket (fr. Banquet) – oʻtkir yoki shirin taom; lot. “banca”, yaʼni “stol” soʻzidan olingan. Rasmiy mehmondorchilik Ziyofat 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek

tilida bu ma’noda qoʻllanadi)

 

Башмак Qadimgi turkiy so‘z bo‘lib, boshmoq, ya’ni oyoq kiyimi nomini bildirgan. Hozir kunda harakatlanayotgan vagonlar va boshqa turdagi harakatlanuvchi tarkibning tezligini kamaytirish yoki tо‘xtatish uchun qo‘llanadigan moslama. Temiryo‘lchilikda vagon g‘ildiraklari ostiga qo‘yiladigan maxsus temir yoki boshqa materialdan yasalgan qurilmani anglatadi. Boshmoq Boshmoq 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

БГС
(Барабанные гранулиряторы – сушилки)
Tayyor texnologik yarim mahsulotni donalab quritib beruvchi qurilma. DQU
(Donalovchi quritish uskunasi)
DQU 

(Donalovchi quritish uskunasi)

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Блокчейн 

(blockchain)

Blockchain (ing.) – to‘siqlar zanjiri, ma’lum bir qonuniyat asosida qatorlashgan, bir-biriga bog‘langan to‘siqlar. Блокчейн Zanjirblok 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Бонус Bonus (lot.) – yaxshi, yaxshi sifatli, foydali. Keyinchalik bu so‘z ingliz tiliga o‘zlashib, “mukofot” ma’nosini olgan. Qo‘shimcha siylov Siylama 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

БПЛА 

(Беспилотный летательный аппарат)

Uchuvchisiz uchadigan apparat – Uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq avtonom boʻlgan havo kemasi (havo kemalari modellari va oʻyinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). UUA 

(Uchuvchisiz uchadigan apparat)

UHA 

(Uchuvchisiz havo apparati) (terminologik

tushunchani ifodalay oladi)

 

Брекет Брекет (rus) – stomatologiyada qiyshiq tishlarni toʻgʻrilashda foydalaniladigan moslama. Tish toʻgʻrilagich Tishsim 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Бренд Brend (ing.: brand — tamgʻa, belgi, rend ) – tovar yoki xizmatni boshqa tovar yoki xizmatdan ajratib turuvchi nom. Belgi, tamgʻa, nishona, iz, ifoda, alomat Xosnom 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Вебинар Webinar (ing. web – internet va seminar soʻzining birikmasi) – tarmoqda oʻtkaziladigan seminar. Masofaviy seminar Vebmashgʻulot 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Вербал мулоқот Verbal (lot. verbalis – ogʻzaki) – ogʻzaki muloqot shakli. Ogʻzaki muloqot Ogʻzaki muloqot 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Вертолёт Vertolet (rus.) – aylanma parraklar yordamida tik koʻtarilish, uchish va qo‘nish xususiyatiga ega havo transporti. Tikuchar Tikuchar 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ВК 

(Воздушный компрессор)

Gаz yoki gaz aralashmalarining bosimini oshirib beruvchi texnik qurilma. HK 

(Havo kompressori)

HK
(Havo kompressori) 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ВОЦ (водооборотный цикл) Suv aylanishi – turli texnologik uskunalar yordamida sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suvni sovitish va tozalash uchun moʻljallangan tizim. SAT 

(Suv aylanish tizimi)

SAT 

(Suv aylanish tizimi)

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ГПЭС 

(Газопоршневая электростанция)

Gaz porshenli elektr stansiyasi –porshenli ichki yonish dvigatelli generatsiya tizimi. U ikki turli energiya (issiqlik va elektr) ishlab chiqarishi mumkin va bu jarayon kogeneratsiya deyiladi. Gaz porshenli elektr stansiyasi tabiiy yonuvchan yonilgʻida va asosan gazda ishlaydi. GPES 

(Gaz porshenli elektr stansiyasi)

GPES
(Gaz porshenli elektr stansiyasi) 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Дайжест Dayjest (ing.) – qisqa xabarlar. “Daily news digest” – kundalik yangiliklar qisqa hisoboti; financial digest – moliyaviy tahlil; research digest – tadqiqot xulosasi. Qisqa bayon, maʼlumot bermoq. 

Kunlik yangiliklar sharhi

Haftalik xulosa

Tahliliy hisobot

 

Qisqa xabarlar 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Дедлайн Dedlayn (ing. deadline) – oxirgi muddat. Oxirgi muddat, bajarish muddati Soʻngmuddat 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Декорация Decoration (fr.: decorer – bezamoq, bezatmoq) – sahnada tasvirlanayotgan voqea-hodisa oʻrni va sharoitini aks ettiradigan sunʼiy manzara, badiiy jihoz. Bezak Sahnabezak 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Депозит Depozit (lot. depositum – omonat, asrab qoʻyilgan) – bankka qoʻyilgan omonatlar. Omonat Omonat 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ДПО
(Дробильно-помольное отделение)
Rus tilidan olingan. Maydalash-yanchish boʻlinmasi. Fosforit rudasini barabanli quritkichda quritib, tegirmonda maydalash va yanchish boʻlinmasi. MYB
(Maydalash-yanchish boʻlinmasi)
MYB
(Maydalash-yanchish boʻlinmasi) 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ЕЭС
(Единая электрическая система)
Bir yoki bir necha mamlakatlar ichidagi ulkan hududlarni energiya bilan taʼminlash uchun ikki yoki undan ortiq energiya tizimlarining kombinatsiyasi. YET
Yagona energiya tizimi
YET 

(Yagona elektr tizimi)

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Инвентаризация Inventarizatsiya (nem. Inven-tarization <lot. Inventarium – roʻyxat, roʻyxatga olish) – korxona, muassasa kabilarning ixtiyoridagi ashyolarning mavjudligi, qanday saqlanayotganligi, ombor xoʻjaligi boʻyicha maʼlumotlarni davriy ravishda tekshirishdan oʻtkazish, yoʻqlama qilish. Roʻyxatga olish Xatlov 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi;

oʻzbek tilida bu ma’noda qoʻllanadi)

 

Интерактив Interaktiv (ing. inter – oʻzaro, birgalikda; act – harakat qilmoq) – hamkorlikka asoslangan taʼlim turi. Hamkorlik Interfaol 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Ирригация Irrigatsiya (lot. irrigatio – sugʻorish) – oʻsimliklarni oqizib yoki tomchilatib sugʻorish. Sugʻorish Sugʻorish 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

КВФ
(Карусельный вакуумный фильтр)
Texnologik yarim tayyor mahsulotni filtrlab beruvchi aylanma vakuum uskuna. AVF
(Aylanma vakuum filtri)
AVF
(Aylanma vakuum filtri) (terminologik tushunchani ifodalay oladi) 

 

Комментарий Commentary (ing.) – hodisa yoki vaziyat haqida fikr bildirish yoki tushuntirish berish. Sharh Sharh, izoh 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Коммуникация Komminikatsiya (ing. commini-cation – aloqa) – ma’lum bir signallar orqali maʼlumot yеtkazish jarayoni. Muloqot Aloqa 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Копирайтинг Kopirayting (ing. Copywrithing – matn yozish) – kuchli, taʼsir qiluvchi, harakatga undovchi matnlar orqali biznes muammolariga yechim berish. Yechimlar esa mijozlar ishonchini qozonish va sotuvlarni oshirish orqali paydo qilinadi. Tijorat matnlarini yaratish, matn tuzish Tijoriy matn yozish 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Криптовалюта Kripto (ing. shifrlash) + valyuta (lot. qadr-qiymat) – raqamli pul. Raqamli valyuta Kriptopul 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Лайфхак Layfhak (ing.) – foydali maslahat, ayyorlik. Sara yechim Sarayechim 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ЛВФ
(Ленточный 

вакуумный фильтр)

Yarimtayyor mahsulotni filtrlovchi tasmali vakuum uskunasi. TVF
(Tasmali vakuum filtri)
TVF
(Tasmali vakuum filtri) 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Лимит Limit (lot. limes – chek, chegara) –muayyan narsa yoki ashyoning belgilangan me’yor darajasi. Cheklov  Me’yoriy chegara 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Листогибочный 

станок

Taboqli (listli) metallarni egib beruvchi uskuna – bu ishlab chiqarish maqsadlarida, asosan, metall lavha mahsulotlarini bukish uchun ishlatiladigan mashina. Taboq (list) eguvchi uskuna Taboq (list) eguvchi uskuna 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Миксер Mikser (ing. mixer –  aralashtirgich) – u yoki bu narsani aralashtirib beruvchi qurilma. Aralashtirgich, koʻpirtirgich Qorgich 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi;

shaklan ixcham)

 

Негатив Negative (lot.) – manfiy, salbiy Salbiy, negative odam – qorafikr odam Salbiy 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Палатка Dala-togʻ sharoitida vaqtincha turish, tunash uchun tiklanaladigan boshpana. Palatka Chodir 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

ПДО
(предельно 

допустимый отход)

Atrof-muhitga zarar keltirmaslik uchun ruxsat etilgan, qonuniy me’yordagi chiqindi miqdori, massasi. RECh
(Ruxsat etilgan chiqindilar)
MECh 

(Man etilmagan chiqindilar)

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Пенaпласт Пенaпласт (rus. пено – poʻkak + пласт – polimer modda) – qurilish xomashyosi. Poʻkak Poʻkak 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Пенaблок Пенaблок (rus. пено – poʻkak + ing. bloc – boʻlak) – qurilish xomashyosi. Poʻkak gʻisht Poʻkak gʻisht 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Пеня Penya (lot. poena – jazo, qiynoq) – shartnomaviy yoki huquqiy qarzlarning kechikishi yoxud buzilishini jazolash uchun belgilangan mablag‘; shartnomada koʻrsatilgan muddatda to‘lanmagan yoki kechiktirib toʻlangan pul yoki xizmat uchun olinadigan jazo mablag‘i. Kechikma  

Kechikma puli

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Полигон ТБО (твердые бытовые отходы) Qattiq maishiy chiqindilar –  turarjoy, jamoat binolari, savdo doʻkonlari, koʻngilochar maskanlar va boshqa korxonalardan chiqadigan chiqindilar. QMCh poligoni (Qattiq maishiy chiqindilar) QMCh maydoni
(Qattiq maishiy chiqindilar) maydoni 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Пробел Probel (rus. про- old qoʻshimcha + белый – oq) – ikki so‘z orasida qoldiriladigan bo‘shliq, oraliq joy. Boʻshliq, orachiq Boʻshliq 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Раковина Rakovina (rus. chig‘anoq, chanoq) – uy-roʻzgʻor buyumi. Chigʻanoq, chanoq Chanoq 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Распродажа Распродажа (rus.) – sotib bitirish, sotib tugatish. Sotib tugatish, ulgurji, ko‘tarasiga Arzonsotuv 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Реванш Revansh (fr. revanche – qasos, mag‘lubiyat to‘lovi) – mag‘lubiyat uchun qayta kurash. Qayta kurash, qayta jang Qayta kurash 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Реелс Reels (ing.) – qisqa video. Qisqa video Qisqa lavha 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Рубильник Rubilnik (rus. uzmoq, kesmoq) – katta kuchlanishli tokni uzuvchi va ulovchi qurilma. Uzgich Uzgich 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

СБ
(Сушилка барабанная)
Rus tilidan olingan. Barabanli quritgich. Yuvilgan yoki yuvilmagan fosforit rudasini tabiiy gazni yoqish evaziga qurituvchi uskuna. BQ
(Barabanli quritkich)
BQ 

(Barabanli quritkich)

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

СИ 

(Сунъий интеллект)

Sunʼiy intellekt (ing. artificial intelligence, AI –“sunʼiy intellekt”) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. 

 

SO 

Sunʼiy ong

SI 

(Sunʼiy intellekt)

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Симптом Simptom (yun. Symptome – belgi, alomat) – biror kasallik yoki patologik holatning belgisi. 

 

Belgi, alomat Belgi, alomat 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Суғориш режими Sugʻorish rejimi – almashlab ekish tarkibidagi ekinlarga suv berish normasi, muddati va sonini optimal uygʻunlashtirish; muayyan sharoitlarda ekinlardan eng yuqori hosil olishni taʼminlaydi. Sugʻorish tartibi Sugʻorish tartibi 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Суфлёр Suflyor (fr.: souffleur, souffler –puflamoq, nafas olmoq; sekin aytib turmoq) – sahna ortida turib, aktyorga rolining soʻzlarini aytib beruvchi teatr xodimi. Shivirchi, pichirlovchi Shivirchi 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Транскрипт Transkript (ing. transcript – koʻchirilgan matn) – taʼlimning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar va baholarning yozma ifodasi boʻlib, unda oʻrganilgan fan va ballar koʻrsatiladi. Bahonoma (oliy taʼlim tizimida qoʻllanadi) Bahonoma 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Тренинг Trening (ing. training – taʼlim, malaka oshirish, mashq) – kadrlar malakasini oshirish uchun tajribali mutaxassis tomonidan oʻtiladigan mashgʻulot. Mashgʻulot, malaka oshirish Mashgʻulot 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Фитнес Fitnes (ing. fitness – moslik, moslashish) – tana tuzilishini  chiroyli qilish, jismoniy sogʻlom boʻlish uchun moʻljallangan jismoniy mashgʻulot. Kunlik mashqlar, tana shakli uchun harakatlar, moslashtirish, shakllantirish Badantarbiya 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Фитосанитария Fitosanitariya (fr. phyto + sanitaire – “santé des plantes”) – oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari uchun zararli organizmlarning kirib kelishi, paydo boʻlishi yoki tarqalishi natijasida yuzaga keladigan xavflardan himoya qilish, atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni amaliyotda qoʻllash). Oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini turli xavflardan himoya qilishga qaratilgan choralar Fitohimoya 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Фостер оила Foster oila (ing.) – bir yoki bir necha bolani o‘z qarmog‘iga olgan oila. Tutingan oila, parvarishlovchi oila, g‘amxo‘rlik qiluvchi oila Vasiy oila 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Фрилансер Frilanser (ing. freelancer) –  yollanma ishchi, odatda, oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlovchi, ish beruvchiga bogʻlanib qolmagan, oʻz xizmatini masofadan taklif etib ishlovchi kishi. Yollanma ishchi, oʻzini ish bilan taʼminlovchi Erkin ishchi 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

Фумигация Fumigatsiya (lot. fumigation – dudlash) – oʻsimliklar karantini obyektlari, boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish. Oʻsimliklarni kimyoviy zararsizlantirish Kimyoviy zararsizlantirish 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

 

 

Хештег Xeshteg (ing. hashtag – хesh belgisi) – ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni guruhlash uchun ishlatiladigan belgi. Teg, belgi, kalit so‘z Kalitso‘z 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Хостел Xostеl (fr.: hostel – uy, boshpana) –  yosh sayyohlar uchun moʻljallangan, arzon yashash joyi boʻlib, u yеrda koʻpincha yotoqxona uslubidagi oʻrin-joylar taklif qilinadi, baʼzan esa oziq-ovqat va rejalashtirilgan tadbirlar ham tashkil qilinadi. Qoʻnoqxona Qoʻnoqxona 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi)

Эможи Emoji (ing. – yuz ifodasi) – imo-ishora. Ishora Imo 

(terminologik tushunchani ifodalay oladi;

shaklan ixcham)