So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:   –  test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni; –  gapirish ko‘nikmasini
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
“Collegium Humanum” universiteti egalari Polshada hibsga olingani aytilmoqda. Universitet filiali Andijonda ham bor

“Collegium Humanum” universiteti egalari Polshada hibsga olingani aytilmoqda. Universitet filiali Andijonda ham bor

Polshaning sobiq Yevropa Ittifoqi qonunchisi va Yevropa Parlamentining vitse-prezidenti Ryszard Czarnecki Collegium Humanum xususiy universiteti tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar sabab hibsga olingani aytilmoqda. Universitet Polshaning Markaziy Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi (CBA) tomonidan tekshirilmoqda. Xususan, byuro Collegium Humanum universiteti MBA diplomlarini moddiy va shaxsiy manfaatlar evaziga berib, talabalarni Polshaning davlat kompaniyalari boshqaruv kengashlariga kiritganini da’vo […]

Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha mablag‘ talab etiladi?

Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha mablag‘ talab etiladi?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.   Agentlikka ko‘ra, bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 66 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.   Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti […]

Magistr darajasidagi xodimga 3-yildan so‘ng mutaxassis toifasida haq to‘lanadimi?

Magistr darajasidagi xodimga 3-yildan so‘ng mutaxassis toifasida haq to‘lanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ko‘ra, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan magistr darajasidagi ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilishi qayd etilgan.   Mana shu qoidaga binoan talabgorlarga magistraturani tamomlab ishga kirganidan so‘ng, attestatsiyadan o‘tguniga […]

O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

Milliy sertifikat olgan talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.   Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.   Eslatib o‘tamiz, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlarning qanday huquqlari bor?

Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlarning qanday huquqlari bor?

Ma’lumki, hozirgi kunda umumta’lim muassasalaridagi kutubxonachi, psixolog hamda laborant lavozimlari qisqarishga tushganligi uchun xodimlarga ogohlantirish xatlari berish boshlangan bo‘lishi mumkin.   Bu maqolada qisqarishga tushgan xodimlarning huquqlari bo‘yicha quyidagi savollarga javob olasiz:   O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan holda ariza yozish kerakmi?   Qanday holda ikki oylik kompensatsiya olish mumkin?   Ishdan bo‘shatish nafaqasi beriladimi? […]

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun qancha to‘lov qilinadi?

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun qancha to‘lov qilinadi?

Pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish nizomining 21 bandida  pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilishi belgilangan.   Toʻlovlar miqdori quyidagicha: 1) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirgi kunda 340 ming soʻm- 1-oktyabrdan boshlab 375 ming soʻm)   2) […]

Super-kontrakt asosida oʻqishni ko‘chirish uchun arizani qanday beriladi?

Super-kontrakt asosida oʻqishni ko‘chirish uchun arizani qanday beriladi?

Xorijiy va nodavlat taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish boʻyicha imtihonlarda yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlar super-kontraktga quyidagi ketma-ketliklarni amalga oshirib ariza topshirishi mumkin.   Tushuntirish: 1. kontrakt.edu.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtiladi. Bu yerda talabaning maʼlumotlari chiqadi.   2. Tizimga kirgach “Toʻlov kontrakt” boʻlimiga kiriladi.   3. Toʻlov kontrakt boʻlimidan “Ariza yuborish” boʻlimini […]

2024-yil 20-sentabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi

2024-yil 20-sentabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi

2024-yil 20-sentabr kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.   Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). […]

Qanday hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi?

Qanday hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi?

Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:   –  oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani; –  ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar; –  V — XI sinflarda “Informatika va axborot […]

Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi

Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi.   Mazkur qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega. Shuningdek, ularga rioya qilish taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim muassasalari […]

Milliy gvardiya xodimi bo‘lish uchun qanday imtihonlardan o‘tiladi?

Milliy gvardiya xodimi bo‘lish uchun qanday imtihonlardan o‘tiladi?

Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o‘qish mumkin. Institut kursanti bo‘lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.   1. Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) yilning 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.   2. Keyin nomzodlarni dastlabki […]

3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi?

3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi?

3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar masofaviy ta’lim olishi mumkinmi?   Joriy yilning 28-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator takliflarni ilgari surgan edi. Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi.   Bu haqda huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram […]

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz