Endilikda nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar ikki vazirlik o‘rtasida taqsimlanadi

2024-yil 7-sentyabrdagi qonun bilan maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Belgilanishicha, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.

 

Qonun oliy taʼlim, maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan.

 

Eslatma! Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 9-sentyabrdan kuchga kirdi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры