Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining har oylik ustamalari qay tartibda belgilanadi?

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar quyidagilar uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi:

 

 

–  tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga;

 

–  sinfdan tashqari ishlarga hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga;

 

–  tegishli sinflar va oʻquv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʻnikmalar toʻliq hajmining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirib olinishi darajasiga;

 

–  oʻquv jarayoniga qoʻshilgan aniq hissa, oʻqitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun.

 

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

 

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;

71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;

76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;

81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;

86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;

91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;

96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

 

Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

 

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;

76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;

86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.

 

Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

 

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;

76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;

86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.

 

 

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры