Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog va xodimlar “Muallim eʼzozda” aksiyasi doirasida “Chevrolet” avtomobillarini (Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T) tijorat banklari orqali boshlangʻich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik muddatli toʻlov asosida xarid qilishlari mumkin boʻladi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ko‘rsatmasi berildi.
Unga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” aksiya doirasida pedagog xodimlarning Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T tijorat banklari orqali boshlang‘ich badali 30 foizdan oshmagan holda, imtiyozli ravishda 60 oylik muddatli to‘lov asosida xarid qilish choralari ko‘riladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa tizimda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan, avtomobilga ehtiyoji mavjud xodimlarni aksiya yuzasidan xabardor qiladi.
Mashina sotib olish uchun oldindan qancha to‘lov qilish kerak?
Pedagog xodimlar aksiya doirasida nazarda tutilgan avtomobillardan birini xarid qilish uchun uning 30 foiz to‘lovini oldindan amalga oshirishi lozim bo‘ladi.
Demak, aksiyadagi avtomobillar uchun quyidagi miqdorda oldindan to‘lov amalga oshiriladi:
Onix — 47 mln 370 ming so‘m (157 900 000 so’m narxi)
Tracker — 62 mln 685 ming 408 so‘m (208 951 360 so’m narxi)
Captiva 5T — 91 mln 470 ming so‘m (304 900 000 so’m narxi)
Equinox — 124 mln 800 ming so‘m (416 000 000 so’m narxi)
Malibu — 125 mln 700 ming 288 so‘m (419 000 960 so’m narxi)
Pedagog xodimlar ushbu boshlang‘ich to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lgach, qolgan 70 foiz to‘lovlarni imtiyozli ravishda 5 yil davomida qismlarga bo‘lib to‘lab borishadi.
Ta’kidlash lozim, ushbu xabar hali rasman tasdiqlangani yo’q.