“O‘zbekiston ta’limda hamon eski texnikalardan foydalanmoqda” – xorijiy ekspert

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan ekspert Ahmed al-Bastaki O‘zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

 

BAA milliy maktablari tashkiloti rahbari Kun.uz saytga bergan intervyusida bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tgan.

 

“Davlat tizimida eski texnologiyalardan foydalanayotgani, ularni biroz zamonga moslash kerak. Ta’lim dasturlarini esa yangilash lozim”, – deydi al-Bastaki.

 

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston ta’limda hamon eski texnikalardan foydalanmoqda. Bu jarayonda o‘quv dasturini yangilash lozim.

 

“Chunki dunyo ancha ilgarilab ketdi. Masalan, sun’iy intellekt haqida ham bosh qotirishingiz kerak. Chunki yosh avlod kelajak haqida ko‘proq bilishi kerak. Ular 10 yildan keyin nima qiladi, qayerda ishlaydi, degan savollarga javob topish kerak”, – degan BAA vakili jurnalistlar bilan suhbatda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры