Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 9-sonli buyrug‘i 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashi mumkinligi belgilangan.
Mehnat kodeksining 227-moddasiga muvofiq Ishlaydigan talabalarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
Qisqartirilgan ish haftasi;
Qo‘shimcha pullik ta’tillar olish;
Imtihon sessiyalari davrida ishlashdan ozod etilish.
Shuningdek, agar talabaning bo‘sh vaqti bo‘lsa, unga to‘liq stavka ishlashiga hech qanday to‘sqinlik mavjud emas.