Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qaroriga ko‘ra, uy ta’limida dars o‘tuvchi pedagogning majburiyati quyidagicha:
O‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;
O‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
O‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;
O‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;
Dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;
Dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish, hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.