Attestatsiyada birinchi marta ishtirok etayotgan pedagoglar ham to‘lov qiladilarmi? - Ta’lim xabarlari
Attestatsiyada birinchi marta ishtirok etayotgan pedagoglar ham to‘lov qiladilarmi?

Oliy ta’lim muassasasini tamomlab, ish stajiga to‘liq uch yil to‘lmagan pedagoglar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin (bu ular uchun birinchi attestatsiya hisoblanadi).

 

 

Pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 

 

Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 

 

Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

 

Attestatsiya uchun to‘lov qilish malaka toifalari, ta’lim turlari yoki attestatsiyada nechanchi marta ishtirok etishiga bog‘liq emas, balki attestatsiya turiga bog‘liq.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры