Magistraturadagi o‘qish mehnat stajiga o‘tadimi? - Ta’lim xabarlari
Magistraturadagi o‘qish mehnat stajiga o‘tadimi?

O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

 

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’limda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, talaba magistraturaning 2-kursida biror ish faoliyati bilan shug‘ullansa, bu ishlagan davr ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

 

Agarda, magistraturani kontrakt asosida bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Sababi, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan .

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры