Joriy 2024-2025-o‘quv yili qabulida chet tili yo‘nalishlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq 2025-2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.