Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqandan so‘ng abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olishayotgan edi.
Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilishning iloji yo‘q edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda abituriyentda bu imkoniyat bo‘lgan.
Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning bergan xabariga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilinishi mumkin.