2024-2025-o’quv yilidan maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirishda inobatga olinadi(mi?)

2024-2025 o‘quv yili uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bag’ishlangan matbuot anjumanida ushbu qaror joriy yilda qo‘llanilmasligi hamda keyingi yillarda ham tegishli qonun hujjatlariga o’zgartirish kiritilmasa, amaldagi holatda qolishi ma’lum qilindi.

 

 

Ammo Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga 2021-yil 1-fevralda “Maktab bitiruvchilarining majburiy 11 yillik ta’limining oxirgi 6 yillik baholari OTMga o‘qishga kirishda hisobga olinishi bo‘yicha” qaror loyihasi joylashtirilgan edi. Ushbu loyihaning muhokamasi shu yilning 16-fevral sanasida yakunlangan.

 

 

Shundan keyin “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining (ID-28636 son) qarori qabul qilingan.

 

 

Qarorga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilishi rejalashtirilgan.

 

 

Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (03.07.2023-yil PF-107-son) farmonida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni 10-bandining birinchi xatboshisidagi “2022-2023-o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari “2024-2025-o‘quv yilidan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilishi belgilangan.

 

 

Shundan kelib chiqib, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining 11 yillik ta’limdagi oxirgi 6 yillik baholari oliy ta’lim muasssasalariga o‘qishga kirishda inobatga olinishi kerak.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры