O‘z natijalaridan norozi bo'lgan abituriyentlarning apellatsiya berish tartibi qanday? - Ta’lim xabarlari
O‘z natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlarning apellatsiya berish tartibi qanday?

Ma’lumki, joriy yildan oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul ikki bosqichda – avval test, keyin tanlov tamoyili asosida o‘tkazilmoqda. 2024-yil 27-iyuldan abituriyentlar uchun tanlov bosqichi boshlangan bo‘lib, bu jarayon 10-avgust(shu kuni ham)ga qadar davom etadi. Shundan so‘ng bir hafta muddatda tanlov natijalari e’lon qilinadi.

 

O‘z natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda shaxsiy kabinetlari orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. Apellatsiya shikoyati bergan abituriyentga apellatsiya kuni va vaqti haqida xabarnoma yuboriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

 

Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan savollar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

 

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

 

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldiradi.

 

Abituriyent apellatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. Alohida ta’kidlash lozimki, apellatsiya jarayonida abituriyent uchun qayta test sinovi o‘tkazilmaydi!

 

Agentlik belgilangan tartib asosida barcha e’tirozlarni ko‘rib chiqishga va tegishli tartibda javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi. Abituriyentlardan e’tirozlari yuzasidan o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishlari so‘raladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры