Ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablarining kirish imtihoni natijalari qachon e’lon qilinadi? - Ta’lim xabarlari
Ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablarining kirish imtihoni natijalari qachon e’lon qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qarori bilan quyidagi muddatlarda e’lon qilinadi:

 

–  Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan so‘ng 30 kun ichida;

 

–  ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich imtihonlari o‘tkazilgan kundan 20 kun ichida;

 

–  hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры