Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Tuproqqalʼa tumani boʻlimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi boʻlimi boshligʻi tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda,” – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Namangan muhandislik-qurilish institutining “Informatika” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar berilgandi.