2024-2025 o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda imtihon topshiradigan fanlar majmuasi, imtihon topshirish tili va hududi tanlanadi. Ikkinchi bosqich esa, abituriyentlaar imtihon natijalaridan kelib chiqib, tahsil olmoqchi bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi, oliy ta’lim muassasasini tanlaydi.
Abituriyentlarga hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha fanlar majmuasini aniq ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi.