Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko’chasi 39-uy
Telefon: +998555000043
Litsenziya raqami: № 047758
Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko’chasi 39-uy
Telefon: +998555000043
Litsenziya raqami: № 047758
2024-yil 7-sentyabrdagi qonun bilan maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta […]
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etiladi. Mazkur tanlov davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 6-10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar ishtirok etish huquqiga […]
Maʼlumotga koʻra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.
Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiyanoma 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi qaror nizomiga koʻra , ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, ularning oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Joriy yilning 14-15-oktabr kunlari Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet xalqaro haftalik doirasida Toshkent shahriga kelgan. Natali Lasslet Parij shahrida imzolangan grant kelishuvini amalga oshirish maqsadida poytaxtdagi 34-sonli hamda 100-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirgan. So‘ngra Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari malaka oshirish institutida ikkinchi xorijiy til sifatida fransuz tili joriy […]
Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti yangi o‘quv yili uchun «Logistika» yo‘nalishiga qabul boshlanishini e’lon qiladi. Logistika ta’minot zanjirining asosiy qismi bo‘lib, hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada yetuk kadrlar tayyorlash O‘zbekiston mehnat bozori ehtiyojlariga to‘liq mos keladi. Hurmatli talabalar, universitetimizning yangi yo‘nalishi zamonaviy talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu sohada […]
Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo’lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko’rilsa, grant asosida o’qiydi. Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul […]
Bu yilgi sinovlarda jami 378 574 nafar 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etgan. Ularning 226 151 nafari ya’ni 59,74 foizi maksimal ballning 30 foizini ya’ni 56,7 ball va undan ko‘p to‘play olgan bo‘lsa, 152 114 nafari ushbu natijani qayd etolmagan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Maryam Sunnatova Chernogoriyaning Budva shahrida UNDRR (United Nations Office for Disaster Risk Reduction) tomonidan oʻtkazilgan Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi. U taʼlim maskanida eko-faol boʻlish bilan birga “Young climate champions” loyihasi yetakchisi hamdir. Mazkur […]
Mehnat kodeksining 385-moddasida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni belgilab berilgan. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv taʼtillari: oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga […]
2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirilgan. Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 4-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda imtihonga kechikib kelgan abtiriyentlarning imtihonga kiritilishi bilan bog‘liq savollarga javob bergan edi. “Imtihonga kechikish mumkin emas. Imtihonlarning boshlanish aniq vaqti abituriyent ruxsatnomasida yozilgan bo‘ladi. Shu bois, abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib […]
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovini tizimli ravishda o‘tkazish choralarini ko‘rishi belgilandi. Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi: Birinchi bosqich – tuman (shahar) bosqichi. […]
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni tizimini joriy etish tarqalgan xabarlar bo’yicha Bilim va malakalarni baholash agentligidan javob oldik. Mavzu yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari bilan bog’landik. “Milliy seritifikat bo’yicha imtihonni tashkil etish agentlikning ish rejasi hisoblanadi. Agentlikda test topshiriqlarini takomillashtirib borish funksiyasi bor. Lekin tegishli normativ-huquqiy hujjat bo‘lmasa, huquqshunoslik fanidan […]
Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchisi Muhammadsaid Tursunov ingliz tili fanidan 7.0 ballik IELTS sеrtifikatini qo’lga kiritdi. Muhammadsaid 2014 yil Andijon shahrida o’qituvchilar oilasida tug’ilgan. 2021 yilda o’rta maktabga qabul qilingan. Matеmatika va axborot tеxnologiyalari faniga qiziqadi. Suzish, akrobatika va muay-tay sport turlari bilan shug’ullanadi. 2023 yil fеvralidan boshlab, “iTeacher academy” o’quv markazida ingliz […]
Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz quyidagicha ishlaydi: Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan. Masalan, ota […]
Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Fargʻonadagi futbol maktabida oʻzi bilan birga ishlovchi ayolga shilqimlik qilgan direktor oʻrinbosariga nisbatan qamoq jazosi berildi. 2024-yil 7-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasining 1-qismi bilan A.S.ga oid maʼmuriy ish materiallari koʻrib chiqilgan. Maʼlum boʻlishicha, direktor oʻrinbosari A.S. sentyabr oyida Fargʻona shahrida joylashgan futbol maktabida ishlab […]