Attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini behosdan noto’g’ri tanlangan bo’lsa, pulni qaytarib olish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarorining 25-bandiga ko’ra, notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

 

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

 

Vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.

 

 

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры