“Turon maktab teatri” tanloviga xususiy maktablar ham jalb etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Turon maktab teatri” respublika tanlovi yangi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

 

 

Unda vazirlik masʼullari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Lola Eltoyeva, aktyor va soʻz ustasi Valijon Shamsiyev, rejissor Ilhom Boʻriboyevlar ishtirok etgan.

 

 

Ma’lum qilinishicha, tanlovning joriy yilgi mavsumida ishtirokchilarni koʻplab yangiliklar kutmoqda. Jumladan, tanlovni tashkil etish davomida:

 

 

➖ umumtaʼlim maktablaridagi “Turon maktab teatri” toʻgaragi aʼzolari uchun oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish;

 

 

➖ ishtirokchi jamoalarga 6-10 sinf oʻquvchilarini jalb etish va 2 ta shart asosida oʻtkazish;

 

 

➖ xususiy maktablar ishtirokini ham taʼminlash;

 

 

➖ faol ishtirok etgan jamoalar uchun ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

 

Eslatib oʻtamiz: tanlovning yangi mavsumiga 2025-yil mart oyida start beriladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры