Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga beriladigan 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq bekor qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2024 yildagi PQ-455-son “O‘zbekiston Respublikasining “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” qarori 9-ilova 11-bandiga muvofiq:

 

 

–  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2003 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 347-son qarori 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilar edi.

 

 

2025-yil 1-yanvardan 347-qaror o’z kuchini yo’qotdi, demak nafaqat, Toshkent Islom universiteti bitiruvchilariga, balki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga ham 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры