Bogʻcha va maktablarda Yangi yil tadbirlarini oʻtkazishda nimalar mumkin va taqiqlanadi?

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2024-yil 17-dekabrdagi №04-37-4269 sonli koʻrsatma xati orqali taʼlim muassasalarida Yangi yil tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalarni eʼlon qildi.

 

 

Ushbu koʻrsatmalar maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablari uchun taalluqli.

 

 

Yangi yil bayrami doirasida tavsiya etilgan tadbirlar:

 

– taʼlim muassasalari hududini, binolar va sinflarni tozalab, hududda mavjud boʻlsa, tabiiy archani oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarning qoʻl mehnati bilan yasalgan bezaklar bilan bezash;

 

– taʼlim muassasalari hududida Yangi yil tadbirlarini qiziqarli shaklda tashkil etish va hududni bayramona uslubda bezash;

 

– maktabgacha taʼlim muassasalari guruhlari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun tadbirlarni oʻquv jarayoniga xalaqit bermagan holda oʻtkazish;

 

Katta sinf oʻquvchilari oʻrtasida quyidagi tanlovlarni tashkil etish mumkin:

 

– Qoʻlda yasalgan eng yaxshi bezaklar (qogʻozdan yasalgan qor uchqunlari va boshqa Yangi yil bezaklari);

 

– “Eng chiroyli bezatilgan sinf”;

 

– “Eng yaxshi Yangi yil tabrigi” (sinf nomidan maktab, oʻqituvchilar va ota-onalar uchun);

 

– Yangi yil bayramiga oid ertaklar va teatral sahnalashtirishlar tashkil etish tavsiya etiladi.

 

Quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

 

– uyda Yangi yilni oila davrasida nishonlash boʻyicha oʻquvchi va ularning ota-onalari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish;

 

– taʼlim muassasalariga pirotexnika vositalarini olib kelish va ishlatishning oldini olish choralarini koʻrish;

 

– taʼlim muassasasi rahbariyati va sinf rahbarlari “ertalabgi saflanishlar”, “sinf soatlari” va ota-onalar yigʻilishlari vaqtida pirotexnika vositalarini ishlatishning jiddiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini oʻtkazishi lozim.

 

 

Taqiqlanadi:

 

 

❌ Tabiiy archalarning shoxlari va tana qismiga shikast yetkazish yoki ularni bayram bahonasida boshqa joyga koʻchirish;

 

❌ Yangi yilni nishonlash bahonasida oʻquvchilar yoki oʻqituvchilardan noqonuniy pul yigʻishni tashkil etish;

 

❌ Yangi yil bayramlarini restoran, kafe va boshqa ovqatlanish joylarida oʻtkazish, shuningdek, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari nomidan rahbariyat yoki oʻqituvchilarga sovgʻa berish.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры