Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

“Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi. 2025-2026 oʻquv yilidan:

 

 

–  sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;

–  sport maktablarida ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;

–  har bir ommaviy sport boʻyicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat taʼlim muassasalari biriktiriladi;

–  ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner oʻziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini oʻtkazib borishga masʼul hisoblanadi.

 

 

2025/2026 oʻquv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

 

–  sport turlari boʻyicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;

–  mahorat maktablari faoliyati sport turlari boʻyicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yoʻnaltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

–  mahorat maktablari oʻquvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan koʻp boʻlmagan miqdorda 7–11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;

–  mahorat maktablari oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi;

–  mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры