Kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish nizomining 32-bandiga ko’ra, to’g’ridan to’g’ri toifa beriladigan pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 31-dekabrga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilishi kerak.
Mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida koʻrsatilgan pedagog kadrlarga toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning oʻzi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Vakolatli vazirliklar tomonidan pedagog kadrning toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish boʻyicha soʻrovnomasi 20 kun muddatda koʻrib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda ularga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat beriladi.