Soʻnggi payt maktablarda smartfonlardan foydalanishni toʻliq taqiqlash masalasi koʻp muhokama qilinyapti. Lekin o’tkazilgan soʻrovlarga koʻra, 82% oʻqituvchilar bunday taqiq oʻquvchilarning xulqiga ijobiy taʼsir koʻrsatmasligini taʼkidlayapti. Ularning fikricha, smartfonlar qoʻpol xulq-atvor yoki oʻqishga nisbatan eʼtiborsizlikning asosiy sababi emas.
Oʻqituvchilarning aksariyati smartfonlardan koʻra oʻquvchilarning oʻzaro gaplashishi va diqqatsizligi dars jarayoniga koʻproq xalaqit berishiga ishonadilar. Shu bilan birga, 41% pedagoglar smartfonlarning taʼlimda foydali boʻlishi mumkinligini qayd etishgan. Masalan, turli taʼlim ilovalari va onlayn manbalar oʻquv jarayonini qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi.
Shu oʻrinda, masalaning yana bir muhim jihatini unutmaslik kerak: toʻliq taqiq joriy qilingan taqdirda, bu bolalarni texnologiyadan butunlay uzib qoʻyish ehtimolini tugʻdiradi. Bu esa zamonaviy dunyo talablariga mutlaqo mos kelmaydi. Bugungi kunda raqamli savodxonlikning ahamiyati oshib borayotgani bois, bolalarga texnologiyalardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish muhimroq boʻlib qolyapti.