G’azna telegram kanalining ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yil 1 oktyabr holatida OTMlarning daromadi, harajati, ko’rgan foyda va zararlarini quyidagicha bo’lib turibdi:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti daromad bo’yicha birinchi o’rinda turibdi (623 milliard so’m), xarajat bo’yicha ham (471 mlrd so’m).
Lekin foyda chiqarish masalasida Moliya instituti undan bir pog’ona ustunlik qildi (165 milliard so’m). Daromad masalasida 14-o’rinda bo’lgan Moliya instituti foyda ko’rishda birinchi o’rinda ekan.
SamDU va Jahon tillari universiteti eng ko’p zarar ko’rgan OTMlardan biri bo’lib turishibdi.
Bu yerda bir narsani ta’kidlab o’tish zarur, natijalar faqatgina 1-oktyabr holati uchun.
Qaysidir universitet 1-oktyabrgacha kontraktlar to’lovini katta qismini hali qabul qilib olmagan yoki hali ma’lum xarajatlarni amalga oshirmagan bo’lishi mumkin.