Samarqandda voyaga yetmagan bola avtobus urib yuborishidan halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
2024-yil 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 larda Samarqand shahar, “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan oʻtuvchi Amir Temur koʻchasida haydovchi F.S. boshqaruvida boʻlgan “ISUZU” rusumli jamoat transportini boshqarib borib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumtaʼlim maktabi yaqinida yoʻlni oʻng tomonidan chap tomoniga kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida, piyoda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.