Agar oʻqituvchi yoki boshqa shaxs darsga halal bersa, shu jumladan, oʻquvchilarni baholashga aralashsa ular uchun maʼmuriy javobgarlik bor.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq, taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
– fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha;
– mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bu holatda oʻqituvchi ota-onaning (yoki boshqa shaxs) harakatlari ustidan tuman IIBga murojaat qilishi kerak.