GRE sertifikati maʼlumotlarni toʻldirish uchun qaysi markazlarga murojaat qilish kerak?

Savol! GRE sertifikati uchun maʼlumotlarni toʻldirishga bir markazga borib to’ldirdim. Ammo ERP bazasiga kiritganimda haqiqiyligi tasdiqlanmadi. Qayta oʻrganganimda online (Home Edition) topshirganligimni bildim. Qayta shunday holatga tushmasligim uchun qaysi markazlarga borib topshirishim toʻgʻri boʻladi?

 

 

Javob! GRE sertifikati online (Home Edition) yoki rasmiy markazlar (ETS tashkilotidan roʻyxatdan oʻtgan)ga borib topshirish imkoniyati mavjud va aynan ikki sertifikatni farqli jihatini sertifikat koʻrinishidan ajratib boʻlmaydi.

 

Talabgorning shaxsiy sahifasidan Maktabgacha va maktab vazirligiga test natijalarini koʻrishga ruxsat berganidan soʻng (DI cod 1282) vazirlikda natijani koʻrish imkoniyati boʻladi.

 

Agarda quyidagi roʻyxatdan oʻtgan markazlarga borib topshirilmasa, natijalarni koʻrib bo’lmaydi.

 

ETS tomonidan ruxsat berilgan va bizga maʼlum boʻlgan markazlar:

 

1. Knowledge And Skills Assessment Center (Tashkent) — STN20720A
INHA University 9 Ziyolilar street, main building 101 ROOM, Tashkent city

 

2. Micros Training Centre – 86 Kichik Beshagach Street, Tashkent, UZB

 

3. STARS International University (Tashkent) — STN20757A 2, Buyuk Ipak Yoli Street Mirzo-Ulugbek District, Tashkent, UZB

 

Hududlarda STARS International Universityning ikkita markazi faoliyat koʻrsatadi. Ular:

 

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, 23 O‘zbekiston Yoshlar oqshomi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi binosi, 2-qavat;

b) Qarshi shahri, Islom Karimov koʻchasi, 288. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Qashqadaryo viloyati Kengashi binosi 1-qavat

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры