2025-yildan xalqaro olimpiadalarda g’olib bo’lgan terma jamoa rahbarlari rag’batlantiriladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag’batlantirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

 

– terma jamoalar rahbarlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravar miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

 

– terma jamoalar rahbarlarini pul mukofoti bilan taqdirlash 2027-yilga qadar – Davlat byudjetidan, 2027-yildan boshlab – Markazning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi;

 

– asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar, ularning o’qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to’lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg’alar daromad solig’idan ozod etiladi;

 

– terma jamoalar rahbarlari, kuzatuvchilari va o’quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash bilan bog’liq, shu jumladan sutkalik, yashash, sug’urta va transport xarajatlari Davlat byudjetidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan qoplanadi;

 

– xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan o’quvchilar o’quv yig’inlari davrida Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры