Qoraqalpog‘istonda OTMga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi

Ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va Xoʻjayli tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli Xoʻjayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Taxtakoʻpir tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.A va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры