Bugun attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishning oxirgi kuni

Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-oktyabr sanasida ham amalga oshirishingiz mumkin.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar davom etdi.

 

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.

 

O‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktyabriga qadar uzaytirilgan edi. 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры