Samarqand shahrida joylashgan Arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.
Samarqand viloyat FVB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borilib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida eski qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.
“Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda”, – deyiladi FVB axborot xizmati xabarida.