Byudjet-2025 loyihasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan 6,3 trln soʻm, shu jumladan, vazirlikning joriy xarajatlariga 5,5 trln soʻm, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga 64,8 mlrd soʻm berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelayotgan yilda vazirlikning quyidagi rivojlantirish dasturlari uchun esa 480 mlrd soʻm ajratish rejalashtirilgan. Jumladan:
-OTM magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qaytarish shartisiz qoplash uchun xarajatlar — 125 mlrd soʻm;
– DXSH va davlat oliy taʼlim tashkilotlarining buyurtmalari asosida talabalar turar joyini barpo etish boʻyicha loyihalar uchun subsidiyalar – 300 mlrd soʻm;
– DXSH asosida qurilgan talabalar turar joyida yashaydigan talabalar uchun davlat sherigiga ajratiladigan subsidiyalar – 50 mlrd soʻm;
– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning amaliyotni oʻtashi davrida BHMning 2 baravari miqdorida beriladigan har oylik subsidiyalar – 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.