Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi to‘g‘risida” 263-son qaroriga muvofiq ustama oladigan maktablar ro’yxati tasdiqlandi.
Mazkur qarorga muvofiq, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, rahbariyati va o‘qituvchilari rag‘batlantirishga tavsiya etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxati har o‘quv yili yakunida e’lon qilinadi hamda keyingi bir o‘quv yili davomida ushbu maktabning o‘qituvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda o‘qituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.
Ushbu qarorning ijrosi uchun talab etiladigan mablag‘lar 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
10 foiz ustama oladigan maktablar ro‘yxati — Faylni yuklash;
20 foiz ustama oladigan maktablar ro‘yxati — Faylni yuklash;
30 foiz ustama oladigan maktablar ro‘yxati — Faylni yuklash;
40 foiz ustama oladigan maktablar ro‘yxati — Faylni yuklash.
