— Savol: Ommalashtirish nima?
— Javob: Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilarining ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish.
— Savol: Assalomu alykum men roʻyxatdan oʻta olmayapman. Qanday qilib roʻyxatdan oʻtsam boʻladi?
— Javob: Roʻyxatdan oʻtish uchun ommalashtirish.uz platformasida “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasi bosiladi va quyidagi amallar bajariladi:
– Telefon raqami;
– JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami;
– Parol;
– Parolni tasdiqlash.
— Savol: Ommalashtirish uchun qanday ishlar qabul qilinadi?
— Javob: Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya koʻrinishda boʻlishi lozim. Bir soatlik dars ishlanma, videorolik, taqdimotlar qabul qilinmaydi. Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya koʻrinishida boʻlmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.
— Savol: Ommalashtirish uchun tayyorlangan videorolikning davomiyligi qancha boʻlishi kerak?
— Javob: Ommalashtirish uchun joʻnatilayotgan video mahsulotlarning davomiyligi 7 minutdan, hajmi esa 300 mb dan oshmasligi zarur.
— Savol: Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba-sinov jarayonida boʻlgan darsliklar yuzasidan tayyorlangan materiallar ham ommalashtirilishi mumkinmi?
— Javob: Oʻqituvchining ishi avvalo u darsda ishlatayotgan ilgʻor pedagogika, innovatsiyaning ahamiyatiga koʻra ommalashtiriladi. Shu boisdan, siz hozirda maktabda qaysi darslik boʻyicha dars oʻtayotgan boʻlsangiz shu darslik boʻyicha material tayyorlashingiz mumkin. Agar nizomdagi ommalashtirish talablariga javob bersa bu ish ommalashtirilishi mumkin.
— Savol: Platformaga ommalashtirish uchun taʼlim sifatini oshirishga doir maqola joylasam boʻladimi?
— Javob: Ommalashtirish tartibi nizomiga koʻra ommalashtirish uchun oʻqituvchilar 3 turdagi mahsulotlarni platformaga joylay oladilar. 1- metodik qoʻllanmalar, 2- dars ishlanmalar, 3- video mahsulotlar
— Savol: Ommalashtirish platformasiga bittadan koʻp metodik mahsulot yuklay olamanmi?
— Javob: Bir oʻqituvchi bir mavsumda faqat bir dona metodik ish yubora oladi. Boshqa ishini keyingi mavsumda yuborishi mumkin.
— Savol: 2022-yil mart oyida viloyatda ishim ommalashgan. Pedagogik kengash qarori boʻlimiga qaysi qarorni yuklayman?
— Javob: Agarda, sizning ishlaringiz ketma-ket uch yil davomida tuman yoki viloyatda ommalashtirilgan boʻlsa va aynan oʻsha ishingizni qayta ommalashtirmoqchi boʻlsangiz, unda pedagogik kengash qarori oʻrniga tuman yoki viloyat ommalashtirishtirilgani haqidagi qarorni yuklasangiz ham boʻladi. Lekin mutlaqo yangi ish yuborayotgan boʻlsangiz, albatta, pedagogik kengashning ijobiy xulosasi kerak boʻladi.