11-sinf bitiruvchilari “Barkamol avlod” maktablarida toʻgarak rahbari boʻlishlari mumkin — Prezident qarori
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko’ra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

 

– bolalar musiqa va san’at maktablarining belgilangan o‘quv dasturlarini to‘liq yakunlagan, 11-sinfni tugatgan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to‘garak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi;

 

– madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarning o‘quv dasturi doirasida psixologiya va pedagogika fanlarini o‘rgangan musiqa yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini o‘qitishga ruxsat beriladi.

 

Bunda musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga milliy cholg‘u asboblaridan kamida 1 tasini ijro etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talabi qo‘yiladi.

 

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bitiruv oldi amaliyoti kelishuv asosida maktablarda tashkil etiladi.

 

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab madaniyat yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida psixologiya va pedagogika fanlarini o‘qitish amaliyotini joriy qilinadi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi va Madaniyat vazirliklari hamkorligida 2025-yil 1-apreldan boshlab “Turon” maktab teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etib, jamoalar o‘rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazilishi belgilandi.
Bunda:

 

– tanlov har yili milliy va jahon musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha maktablarning badiiy havaskorlik jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi;

 

– tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

 

Tanlovning respublika bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;

 

Jumladan, ikki oy muddatda:

 

– maktablarda darsdan tashqari tashkil etilgan “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari uchun 7 turdagi milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etishni o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar, notalar va videodarslar ishlab chiqish;

 

– tuman (shahar)larda bolalar musiqa va san’at maktablari hamda milliy va zamonaviy cholg‘u ansambllarining hisobot konsertlari budjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin;

 

– har yili madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari ro‘yxatini shakllantirsin hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish;

 

– bolalar musiqa va san’at maktablari maktablarning musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasalari sifatida belgilanishi qarorda keltirilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры