“AHA! Matematika” darsligi amaldagi matematikadan nimasi bilan farq qiladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 19.11.2024 dagi 02-28-1612 sonli 5-6 sinflarda “AHA! Matematika” darsliklarini joriy etish boʻyicha xatiga ko’ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 5-6-sinf matematika fani o‘qituvchilari uchun, tumanlarda belgilangan tayanch maktablaridan markazlashgan holda tashkil etish belgilangan.

 

Ushbu yangi darsliklar mazmun-mohiyatini fan mutaxassislariga yetkazish maqsadida, 2024-yilning 21-noyabr kunidan boshlab vebinarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

Yangi “AHA! Matematika” darsligi amaldagi matematikadan qanday farq qilishi borasida mutaxassisdan izoh oldik:

 

“Odatda, Oʻzbekistonda darsliklar fan nomi bilan atalib kelingan. Koʻplab horijiy davlatlarda fan nomiga qoʻshimcha soʻzlar kiritib boriladi. Yaʼni qoʻshimcha soʻz darslikning maqsadini oʻz ichiga oladi. Biz yangi darsliklarni “AHA! Matematika” deb nomladik. “AHA!” so‘zi, fanga berilgan “aniq”, “hayratlanarli” va “ajoyib” ta’riflarining bosh harflaridan yasalgan so‘zdir.

Avvallari matematika abstraktga Geometriya teoreyaga asoslangan. Bu yangi darslikda abstraktga kam murojjat qilingan, Geometriyadan esa teoreyadan voz kechilgan. Yaʼni, teorema isboti oʻquvchidan soʻralmaydi. Formula yodlatilmasdan, uni keltirib chiqarish oʻrgatiladi. 5-6-sinf endigina boshlangʻich sinfdan yuqoriga oʻtayotganligi uchun bu yoshdagi oʻquvchilarga yengilroq, qiziqarliroq yondoshuvda fanni oʻrgatish yaxshi natija boʻladi.

Matematikaning asosiy qismi 7-sinfdan boshlab kuchaytirilgan tarzda beriladi”.

 

 

 

Maʻlumot uchun: Mazkur vebinarlar har oyda ikki martadan, o‘quv yili yakuniga qadar tashkil etib boriladi. Vebinarlarda yuqori sinf matematika fani o‘qituvchilarining ham ishtirok etishiga ruxsat etiladi. Ishtirok etish uchun havolalar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры