2024-yilning oktabr va noyabr oylarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida malaka sinovlari bo’lib o’tdi. Quyida mazkur sinovlar bo’yicha asosiy ma’lumotlar raqamlarda keltirilgan:
Kelib tushgan arizalar soni: 195 mingdan ortiq.
Qabul qilingan arizalar soni: 147 mingdan ortiq.
Sinovlarda ishtirok etgan pedagoglar soni: 144 928 nafar.
Ishtirokchilar taqsimoti:
Navbatdagi majburiy sinovlar: 10 459 nafar.
Navbatdan tashqari sinovlar: 134 469 nafar.
Malaka toifalari bo’yicha natijalar:
Oliy toifa: 5 607 nafar.
Birinchi toifa: 23 777 nafar.
Ikkinchi toifa: 33 382 nafar.
Mutaxassis lavozimi: 5 995 nafar.
Malaka toifasini saqlab qolganlar: 71 893 nafar.
Berilgan ma’lumotlarga ko’ra, attestatsiyada qayd etilgan o’rtacha ball 58,1 ballni tashkil etadi.
Eslatma! Hozirda apellyatsiya jarayonlari davom etmoqda. Natijalar bo’yicha ko’rsatkichlar yakuniy xulosalardan so’ng o’zgarishi mumkin.
Shuningdek, Romitan tumanidagi 7-IDUMning ingliz tili fani o‘qituvchisi Muhayyo Kamolova malaka test sinovlarida 100 foizlik natija bilan oliy toifani, Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanidagi 69-umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi Oyimgul Sadinova 98 ball , Samarqand shahridagi 34-umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi Xayrullayeva Rayhona 94 ballik natija va Toshkent viloyati Qibray tumani 48-sonli umumta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Jo‘raboyeva 94 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.